Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Bank haqida

Boshqaruv raisi murojaati

Hurmatli mijozlar, hamkorlar va aksiyadorlar!

Avvalom bor Sizga ushbu murojatimni yo'llash men uchun katta sharaf deb bilaman.

"Turkiston" xususiy aksiyadorlik tijorat banki 1998 yildan buyon o'z mizozlariga ishonchli va barqaror bank sifatida xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bankimiz 22 yildan ortiq faoliyati davridagi boy tajriba hamda jahonda tan olingan, bank biznesini yuritishning eng zamonaviy texnologiyalaridan imkon qadar samarali foydalanishga imkon yaratib beruvchi o'z taraqqiyot strategiyasiga ega bo'lgan bankdir.

Hozirgi kunda bankning Bosh ofisi, 2 filiali va 5 bank xizmatlari markazlari o'z mijozlariga keng ko’lamdagi bank xizmatlarini tez va sifatli ko’rsatib kelmoqda.

2019 yil yakuni bo'yicha bankimiz bir qator ko’rsatgichlar  bo'yicha yuqori darajadagi o’sish sur’atlariga erishdi. Shu jumadan, yil davomida bank aktivlari 2 barobar, kredit portfeli 2 barobar, sof foyda esa 3 barobariga oshdi. Mizhozlar soni jami 25 000 dan ortiq bo’lib, ular qatordan 18 000 ga yaqin jismoniy shaxslar, 2 300 ga yaqin korxona va tashkilotlar va 1 700 ga yaqin xususiy tadbirkorlar joy oldi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar "Standard&Poor's" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan tasdiqlanib, bankimizga "barqaror" reytingi berildi. Bundan tashqari Ahbor-Reyting kompaniyasi tomondan ham bankimizga "barqaror" reytingi berildi.

Bankning asosiy tamoyillardan bu mijozlar uchun eng yaxshi xizmat ko'rsatish va keng ko'lamdagi bank xizmatini taqdim etish, hamkorlar bilan o'zaro ishonchga asoslangan holda ish yurish, hamda aksiyadorlar uchun yuqori daromadli va barqaror bank bo'lish va rivojlangan banklar orasidan munosib o'rin egallashdir.

Bankimizda kadrlar siyosatiga alohida e'tibor qaratilgan. Yuqori malakali hodimlardan tashkil topgan jamoamizning har bir a'zosining sog'lig’i, ularning kayfiyati haqida doim qayg’uramiz. Bankda turli hil sport musobaqalari, jamoaviy sayohatlar doimiy ravishda tashkil etiladi. Shuningdek, hodimlarimiz bilim saviyasini yanada oshirish, mijozlar bilan ishlash darajasini oshirish maqsadida, turli treyninglar va seminarlar tashkil etiladi

Davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekiston Respublikasida bank tizimining rivoji, uni jahon andozalari darajasiga etish bo’yicha katta e’tibor qaratilmoqda. Bank sohasini rivojiga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar chiqmoqda.

"Turkiston" banki ham, o'z navbatida, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, 2020 yilda o'z rivojining yangi bosqichiga o'tdi. Oldinga ko'plab maqsadlar qo'ygan. Shulardan biri -rakamli transformatsiya orkali, ko'plab yangi onlayn mahsulotlar yaratish, mahsulotlar ommabopligini oshirish orqali o'z mijozlari sonini keskin ko'paytirishdir. Bu yo'nalishda bankimiz axborot texnologiyalari sohasida xorijning ilg'or kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Bundan tashqari, bankimiz O'zbekiston bo'ylab o'z tarmog’ini kengaytirish, doimiy ravishda yuqori darajadagi joriy likvidlikni ta'minlash, aktivlarni izchil o’sishi, yuqori daromadli va sog'lom kredit portfelini 2 barobar ko'paytirish, sof foyda ko'rsatgichi boyicha yaqin 3 yil ichida banklarning top 15 taligidan joy egallashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Fursatdan foydalanib, har bir mijozimizga va hamkorimizga, bizga ishonch bildirganlari uchun va biz bilan birga bo'lganliklari uchun rahmat aytmoqchiman.

Buyuk O'zbekistonimizning  farovon kelajagini qurishda o'z hissamizni qo’shishdan hech qachon to'htamaymiz.

Hurmat bilan,
Boshqaruv raisi
Muhutdinov A. A.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech