Internet banking
Internet 1 Internet 2
Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi

Depozit kalkulyatori

Kredit kalkulyatori

Bugun Dushanba

18 Dekabr 2017

Бахтли болалик

Эксклюзив

Нуроний туркистон

Туркистон-коммуналчи

Туркистон-ватанпарвар

Туркистон-сармоя

Туркистон-даромад

Ипотечное кредитование

IPOTEKA KREDITLARI

Hozirgi kunga kelib ipoteka krediti xususiy uy-joyga ega bo‘lish va o‘zingizning “uy muammosi”ni hal etishingiz uchun real imkoniyatdir. Ipoteka kreditining asosiy afzalligi shundaki, uy-joy sotib olish uchun ko‘p yillar davomida kerakli summani yig‘ish o‘rniga, hoziroq yangi xonadon (yoki uy)da yashash imkoni beriladi. Shu bilan birga ipoteka krediti bo‘yicha olingan uy-joy, darhol ipoteka krediti olgan shaxsning xususiy mulkiga aylanadi.

ХАТБ "ТУРКИСТОН" ipoteka kreditlari orqali birlamchi bozordan (yangi qurilishlardan) kvartira sotib olish imkoni bo‘lganidek, ikkilamchi bozordan ham sotib olish imkonini beradi.

IPOTEKA KREDITLARINING SHARTLARI:

  • Kredit muddati: 15 yilgacha;
  • Kredit valyutasi: so‘m;
  • Kredit summasi: qarz oluvchining moliyaviy holatiga bog‘liq, lekin ariza berilgan kundagi eng kam ish haqining 3.000 barobaridan ko‘p bo‘lmaydi;
  • Foiz stavkasi: birlamchi komissiya miqdori, kredit summasi va muddatiga qarab va kelishuv asosida belgilanadi;
  • Kerditni ko‘rib chiqish uchun bir martalik komissiya to‘lovi sotib olinayotgan uy-joyning qiymatidan: 1%
  • Boshlang`ich badal minimal miqdori: sotib olinayotgan uy-joyning qiymatidan 25%;
  • Sotib olish bozori: Birlamchi va ikkilamchi bozor.

Qarz oluvchi/qarz oluvchi sherigiga talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • 18 yoshan to nafaqa yoshgacha bo‘lgan salohiyatli shaxs (kredit berish va uni yopish vaqtida);
  • Bank joylashgan hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi;
  • oxirgi ish joyida 6 oydan kam bo‘lmagan ish staji;
  • kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lash imkonini beruvchi barqaror daromad (oylik ish haqi, induvidual tadbirkorlikdan daromad olish, dividentlar va b.);
  • salbiy kredit tarixining yo‘qligi.

Kredit qaytarilishini ta'minlovchi talablar:

  • kredit mablag‘lari hisobiga olinadigan ko‘chmas mulk garovi;
  • majburiy kompleks sug‘urtalash (kreditlashning to‘liq muddati davomida kredit mablag‘lariga olingan ko‘chmas mulk sug‘urtasi va qarzdor hayotining sug‘urtalanishi).

Jismoniy shaxsning kredit olishga topshirgan arizasini ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati

RO‘YXATDAN O‘TKAZILADIGAN VA YuRIDIK HUJJATLAR:

  1. Kredit arizasi (bank formasi bo‘yicha)
  2. Qarz oluvchi/qarz oluvchi sherigining INN olganligi haqida soliq idorasidan ma'lumotnoma nus’hasi.
  3. Qarz oluvchining (zarur hollarda qarz oluvchining oila a'zolari, ya'ni sheriklarning) pasport nus’hasi.
  4. Yashash joydan barcha oila a'zolari, shuningdek, qaramog‘idagilar ko‘rsatilgan ma'lumotnoma.
  5. Ish joyidan (zarur hollarda qarz oluvchining oila a'zolari, ya'ni sheriklarning) lavozim va ushbu tashkilotda ishlash muddati ko‘rsatilgan ma'lumotnoma va mehnat daftarchasidan nus’ha.
  6. Qarz oluvchining (zarur hollarda qarz oluvchining oila a'zolari, ya'ni sheriklarning), ushlab qolingan daromad solig‘i, nafaqaga ushlab qolinganligi va boshqa 12 oylik to‘lovlar ko‘rsatilgan daromadlari haqida ma'lumotnoma yoki pul shaklidagi barqaror daromadi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat (qo‘shimcha ish, qimmatli qog‘ozlardagi investitsiyalardan keladigan doimiy daromad, uzoq muddatli depozitlar foizi, dividentlar va b.); (bank formasida).
  7. Uy-joy yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat (xususiylashtirish orderi, agar uy yoki kvartira sotilgan bo‘lsa notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi, idoraviy uy-joy egasining xususiylashtirishga ruxsat beruvchi hujjati) va bank krediti hisobiga sotib olinadigan kvatira/uyning kadastr hujjati (asl nus’ha + nus’ha).
  8. Sotib olinayotgan uy-joyning bozor narxi to‘g‘risidagi baholovchi tashkilotning mustaqil bahosi.

Kredit olishga topshirilgan arizani ko‘rib chiqish vaqtida Bankning kreditlash bo‘limi ishchilari tomonidan kredit shartnomasining spetsifikatsiyasidan kelib chiqib, qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Eslatma: Shuningdek, mijoz oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, garof shartnomasi, sug‘urtalash shartnomasi (polisi) va boshqa kredit bilan bog‘liq xarajatlarni to‘laydi.

Valyuta

Currency rate for 2017-12-18
MB kursi Sotib olish Sotish
JPY 71.25 70 74
RUB 136.86 134 140
EUR 9531.94 9300 9700
USD 8093 8000 8150
USD 1 8000 8150

Valyutalar konverteri

O'zingizni qiziqtirgan summani kiriting
  • 0 UZS
  • 0 $
  • 0
  • 0 £
  • 0
  • 0 ¥
UZSUSDEURGBPRUBJPY

Online so'rov

Bizning saytni qanday baholaysiz?

Juda yaxshi
52% (955 ovoz)
Yaxshi
27% (500 ovoz)
Ko'p ish bor
14% (250 ovoz)
Yoqmadi
7% (125 ovoz)
Jami ovozlar: 1830
X
CAPTCHA
This question is for testing whether or not you are a human visitor and to prevent automated spam submissions.
1 + 11 =
Matematik masalani yeching va javobni kiriting. Masalan, 1+3 uchun, 4 ni kiriting.